“Trast Muamalat” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘zining 2024 yil moliya-xo‘jalik faoliyatining natijalarini yillik majburiy audit tekshiruvidan o‘tkazishga, audit tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazishini e’lon qiladi.
Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
– Auditorlik faoliyatini amalga oshirishga belgilangan litsenziyaga ega bo‘lishi;
– yirik korxonalarda, shu jumladan lizing tashkilotlarida ham, audit xizmatlarini o‘tkazish tajribasiga va yetarli malakadagi xodimlarga ega bo‘lishi.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
– Auditorlik tashkilotining litsenziyasi va guvohnomasi nusxasi;
– Auditorlik tashkiloti rahbari va auditorlarning amaldagi malaka sertifikatlari nusxasi;
Arizalar, ko‘rsatiladigan auditorlik xizmatlari uchun to‘lanadigan qiymat belgilangan holda, quyida ko‘rsatilgan manzilda 2025-yil 20-fevral mahalliy vaqt bilan soat 16-00 gacha qabul qilinadi.
Yuzaga keladigan savollar yuzasidan mazkur telefon +998 55 506-00-88 bo‘yicha, shanba va yakshanbadan tashqari, soat 9:00 dan 16:00 gacha murojaat qilishingiz mumkin.
Belgilangan vaqtdan keyin tushgan arizalar e’tiborga olinmaydi.
“Trast Muamalat” MChJ manzili:
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi 2.