Maʼlumki, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki sho‘ba lizing kompaniyasi – “Trast Muamalat” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amaldagi qonunchilik doirasida “Murabaha (Nasiya savdo)” va “Ijara (Lizing)” operatsiyalari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, xalqaro islom moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish kabi masalalarga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
“Trast Muamalat” MCHJda “Kimyo International University in Tashkent” magistrantlari uchun “Islom bankchiligi va moliyasi” fanidan amaliy o‘quv darsi o‘tkazildi.
Unda “Bank ishi va buxgalteriya hisobi kafedrasi” mudiri va “Audit” guruhi magistrantlari uchun moliya muassasasining faoliyati yuzasidan malumotlar berildi.
Xususan, jamiyatning shariatga mos moliyaviy mahsulotlarni o‘rganish va joriy etish bilan shug‘ullanishi, murobaha asosida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishi borasida tushunchalar berildi. Shuningdek, talabalarning savollariga atroflicha javob qaytarildi.